Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olga Zabelinskaya oltin medalni qoʻlga kiritdi
13:09 / 2019-09-01

Velosportchimizning ushbu yutugʻi Oʻzbekiston Mustaqilligining 28 yillik bayramiga munosib sovgʻa boʻldi.


31-avgust kuni Germaniyada ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Europakriterium der Bahnfahrer” xalqaro musobaqasida ayollar milliy terma jamoasi aʼzosi Olga Zabelinskaya 1-oʻrinni egallab, oltin medalni qoʻlga kiritdi, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati. 2-oʻrin Germaniyalik Gudrun Stoskga, 3-oʻrin Rossiyalik Tamara Dronovaga nasib etgan.

Velosportchimizning ushbu yutugʻi Oʻzbekiston Mustaqilligining 28 yillik bayramiga munosib sovgʻa boʻldi.