Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oleg Revchuk: “Saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan”
08:45 / 2021-10-23

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari saylov uchastkalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishmoqda.

Navoiy viloyatiga tashrif buyurgan ukrainalik kuzatuvchi Oleg Revchuk so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ko‘plab sohalarda keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotganligini ta’kidladi.

– Saylovga nihoyatda puxta tayyorgarlik ko‘rilgani, saylov qonunchiligi xalqaro me’yor va demokratiya tamoyillariga asosan tashkil etilganligiga guvoh bo‘ldim, – deydi Oleg Revchuk. – Har qanday sharoitda ham fuqaro o‘zi tanlagan nomzodga ovoz berishi uchun imkoniyat yaratilgan. Ya’ni u o‘zi yashagan hududda ro‘yxatga olingan uchastkasidan chiqarilib, ayni paytda bo‘lib turgan uchastkasida ro‘yxatga olinadi va shu orqali fuqaroning qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, saylovda ishtirok etish huquqi ta’minlanadi. Shuningdek, saylovda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida kabinalar tayyorlangan. Bu ularga shu mamlakatning fuqarosi sifatida konstitutsiyaviy huquqidan foydalanish imkoniyatini beradi. Eng muhimi, pandemiya sharoitini inobatga olgan holda ularning xavfsizligini ta’minlashning barcha choralari ko‘rilgan. Har bir uchastkada ovoz berish kunida O‘zbekiston Respublikasi saylovida ishtirok etayotgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari, siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan bir qatorda ishtirok etishi mumkin. Bularning barchasi O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini to‘g‘ri tanlangani, xalq manfaatlari ustuvor belgilangani, tadbirkorlik ravnaqiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotgani samarasi, deb o‘ylayman. Men bu fikrlarimni juda ko‘plab saylovchilar bilan muloqotda bo‘lib, ularning saylovga munosabatlari asosida bayon etyapman.

Missiya doirasida xalqaro kuzatuvchi 5-Navoiy okrug saylov komissiyasi raisi Normurod Isoqov bilan uchrashib, saylov uchastkalarini tayyorlash va joylashtirish borasidagi umumiy tayyorgarlik haqida o‘zaro fikr almashdi.

 

 

Abduvali Bo‘riyev,

O‘zA