Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oldindan harakat qilinsa, hosil ham yuqori bo‘ladi
15:26 / 2025-08-25

Tadbir Farhod suv iste’molchilari uyushmasi hududida ko‘rgazmali seminar shaklida o‘tkazildi. Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi Ulug‘bek Yo‘ldoshev, qishloq xo‘jaligi va o‘simliklarni himoya qilish mutaxassislari, ilmiy tadqiqot instituti vakillari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Seminarda g‘o‘za qator oralariga urug‘ qadash, urug‘ning sifatli o‘sishi va hosildorlikni ta’minlashga qaratilgan agrotexnik chora-tadbirlar muhokama qilindi.

– Urug‘ qancha erta qadalsa, hosildorlik ham shunga yarasha bo‘ladi. O‘tgan yili Xovos tumani bo‘yicha 8000 gektar yerga bug‘doyning “Andijon-2”, “Asr”, “Vassa” va boshqa turdagi navlar qadalgandi,   –  deydi  hokim. –   Olib borilgan agrotexnik chora tadbir, dehqonlarning tinimsiz mehnat va izlanishlari sabab,  joriy yilda belgilangan rejadan ortiq, ya’ni  6 040 tonna bug‘doy o‘rib olindi. Bu esa nafaqat dehqonlarning, balki aholi dasturxonining ham  to‘kin bo‘lishida  muhim qadam bo‘ldi. Kelayotgan mavsumda 5500 gektar yerga ekilishi ko‘zda tutilgan sara bug‘doydan  bu yilgidan ham ko‘proq hosil olishni rejalashtirganmiz.  

Seminarda, shuningdek, g‘o‘za maydonlaridagi paxtani o‘z vaqtida yig‘ib olish, defoliatsiya ishlarini o‘tkazish va terimchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish masalalari ham muhokama qilindi.

Xovoslik dehqonlar har yili ana shunday agrotexnik tadbirlar orqali yuqori hosil olishni  oldindan kafolatlashga  intilishadi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri