Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi “Bag‘dod zamin asali” MCHJ rahbari, tadbirkor Abduvohid Ubaydullayev tashabbusi bilan Olchin mahallasida bir oy ichida qurib bitkazilgan yangi markazda 30 dan ortiq turdagi tabiiy, sof asal mahsulotlari, shuningdek, asalarilarni parvarishlash uchun zarur uskunalar va qo‘llanmalarni uchratish mumkin. Mazkur loyihaga 250 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.
Markaz, ayniqsa, Olchin va Chekxitoy mahallalarida asalarichilik bilan shug‘ullanib, yaxshi daromad topayotgan aholi uchun muhim qadam bo‘ldi. Endilikda asalarichilikka qiziquvchi bag‘dodliklar sohada o‘zini sinab ko‘rishi, malakali maslahat olishi va amaliy ko‘makka ega bo‘lishi mumkin bu manzilda.
[gallery-23000]
Hisob-kitoblarga ko‘ra, tumandagi ayrim oilalar faqat asal mahsulotlari orqali yuz million so‘mgacha, asalari oilasini sotish hisobiga esa 25 million so‘mdan ortiq daromad topmoqda.
Albatta, aholini daromadli qilish, shu bilan bir qatorda iste’mol uchun sifatli va arzon mahsulotlar yetkazib berishda bunday markazlarning o‘rni katta. Shuning uchun tadbirkor Abduvohid Ubaydullayev biznesdagi faoliyatini kengaytirish barobarida asalarichilik bilan shug‘ullanuvchilarga ko‘mak berish niyatida doimo harakatda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/imBDX686CsI" title="Olchinda Asalarichilik markazi ochildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA