Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘lchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
15:41 / 2024-10-16

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘lchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘lchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentda:

o‘lchashlarni bajarish uslubiyotini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;

davlat xizmatini O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tashkil etish;

o‘lchashlarni bajarish uslubiyotini O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlarni bajarish uslubiyoti reyestriga kiritish tartibi belgilab berilgan.

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda davlat xizmatini ko‘rsatish YAIDXP orqali joriy etish tizimi yaratiladi va YAIDXPda davlat xizmati ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etiladi.

Reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llaniladi.  

Mazkur Reglament metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi va  milliy, xalqaro (mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari bilan belgilangan o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan ko‘rsatiladi.

O‘zA