Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘lchashlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiya loyihasi ishlab chiqildi
18:52 / 2024-02-23

Milliy matbuot markazida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti: tahlil va natijalar” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda qayd etilishicha, “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida"gi qonun qabul qilindi. Shuningdek, respublikada aniq vaqt xizmatini tashkil qilish maqsadida vaqt va chastota (GLONASS va GPS) etalonini ishga tushirish va “davlat aniq vaqt – UTC Uz” xizmatini joriy qilish bo‘yicha hukumat qaror loyihasi ishlab chiqildi. 

Bundan tashqari, 2024-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiya loyihasi ishlab chiqildi. 

Milliy etalonlar bazasini rivojlantirish, laboratoriyalarni modernizatsiya qilish hamda infratuzilma yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, etalonlar moddiy-texnik bazasini takomillashtirish maqsadida vaqt va chastota etaloni ishga tushirilishi hamda tebranish (vibratsiya) etaloni keltirilishi natijasida etalonlar bazasi 29 taga yetkazildi. Vaqt va chastota etalon yordamida O‘zbekistonning milliy vaqt (UTC UZ) shkalasi hosil qilindi va mamlakatda aniq vaqt signallari NTP serverlar orqali uzatilmoqda. Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosining (BIPM) Xalqaro atom vaqti (TAI) guruhi a’zoligiga qabul qilinish maqsadida muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC)ni shakllantirishda sinov shaklida aniq vaqt signallari ilk marotaba yuborildi. Shu bilan birga institutning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish maqsadida joriy yil davomida 17 yuqori aniqlikdagi o‘lchash uskunalari keltirildi. 

Respublikada o‘lchash vositalarini kalibrlash xizmatini yanada takomillashtirish hamda xalqaro darajada tan olinishi bo‘yicha, kalibrlash laboratoriyalarda ISO/IEC 17025 xalqaro standartga asosan joriy etilgan sifat tizimi KOOMET tashkilotining 9 nafar xalqaro ekspertlari tomonidan 6 yo‘nalishda baholash auditi o‘tkazilib, ijobiy xulosa olindi. 

[gallery-16113]

KOOMET “Sifat forumi”, “Axborot va ta’lim”, “Qonunlashtiruvchi metrologiya” va “Fotometriya va radiometriya” texnik qo‘mitalarining yig‘ilishlari ilk bor Toshkent shahrida o‘tkazildi. 

Xizmatlar eksporti geografiyasini yanada kengaytirish borasida Ozarbayjon milliy metrologiya institutining 6 dona yuqori aniqlikdagi uskunalari kalibrlandi. 

Joylardagi ishlab chiqaruvchilarga yanada qulaylik yaratish va kalibrlash xizmatlar qamrovini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha 10 dan ortiq hududiy filiallarda kalibrlash xizmati yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytda Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosining (BIPM) bazasida qaydlangan O‘zbekiston Respublikasi kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlari to‘g‘risidagi yozuvlarini (SMS-qatorlar) kiritish maqsadida 17 ta solishtirish loyihalarida ishtirok etilmoqda. 

Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga asosan, 139 238 dona elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalari (maishiy hisoblagichlar) qiyoslashdan o‘tkazildi. 

Sohada ilm va innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida ilmiy-texnik faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida umumiy qiymati 3,7 mlrd. so‘m bo‘lgan jami 3 ta innovatsion loyiha bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, qiymati 10,2 mlrd. so‘mlik 7 ta yangi loyihalar Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etildi. 

Shahnoza Mamaturopova, Oybek Pardayev (foto), O‘zA