Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘lchash vositalaridan foydalanish bo‘yicha jiddiy kamchiliklar aniqlandi
18:33 / 2025-08-12

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan davlat muassasalarida o‘lchash vositalarining qonuniy holatini o‘rganishga qaratilgan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, Bo‘ka tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida o‘tkazilgan nazorat davomida muassasada mavjud 35 ta o‘lchash vositasi tekshirildi. Natijada, 25 ta vosita belgilangan metrologik tekshiruvdan o‘tmagani aniqlandi.

Shuningdek, Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasida ham nazorat tadbiri o‘tkazilib, bu yerda foydalanilayotgan 258 ta o‘lchash vositasidan 204 tasi tegishli metrologik ko‘rikdan o‘tmagani ma’lum bo‘ldi.

Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, bu kabi holatlar O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi talablariga zid bo‘lib, ushbu norma faqat tekshiruvdan o‘tgan o‘lchash vositalaridan foydalanishga ruxsat beradi.

Aniqlangan qonunbuzarliklar bo‘yicha muassasalarning mas’ul shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy choralar ko‘rildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA