Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olamshumul g‘alabaning tarixiy ahamiyati
21:25 / 2022-10-10

Toshkentda dzyudo bo‘yicha davom etayotgan 35-jahon chempionatining beshinchi kungi bahslari mamlakatimiz sport hayotida, xususan O‘zbekiston dzyudosi tarixida yorqin sahifa ochganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Kun mobaynida uch nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib borgan bo‘lsa, yosh sportchimiz Shahnoza Nazarova uchun chempionat musobaqalari mahorat maydoni, tajribali sportchimiz Gulnoza Matniyozova uchun Parij-2024 Olimpiadasi uchun muhim reyting ochkolarni jamg‘arishida muhim rol o‘ynagan bo‘lsa, Davlat Bobonov uchun Vatanni ulug‘lash, chempionlikni tantana qilish bahslari bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasida 90 kg vazn toifasida Tokio olimpiadasi sovrindori bo‘lgan iqtidorli sportchimiz Davlat Bobonovning chiqishi medallar orzusi bilan Toshkent tatamisiga ko‘z tikkan minglab dzyudo ixlosmandlarining niyatlarini ushaltirdi.

[gallery-9089]

Avvaliga u slovakiyalik, keyin Janubiy koreyalik va bolgariyalik kuchli raqiblarini mag‘lub etdi. Final ostonasida esa azaliy raqibi Tokio olimpiadasi g‘olibi gruziyalik Lasha Bekaurini dog‘da qoldirdi va jahon chempionligi uchun kurashish imkoniga ega chiqdi.

Final bahsini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bevosita "Humo Arena"da kuzatib bordi.

Iste’dodli sportchimiz hayajonli va mas’uliyatli bellashuvda yoshlar o‘rtasida jahon chempioni italiyalik Kristian Parlatiga imkon qoldirmadi hamda jahon chempionligini tantana qildi. Davlat Bobonov mazkur chempionatda tarixiy g‘alabaga erishishi bilan yana ikki yildan keyin Parijda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining muhim reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, Bobonov mazkur g‘alabasi bilan 35-jahon chempionatida O‘zbekistonning musobaqalarda ishtirok etayotgan 82 ta davlat orasidagi o‘rnini oltinchi qatorda mustahkamlanishini ham ta’minladi.

Musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni taqdirlash marosimida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bevosita ishtirok etdi.

Chempionat musobaqalari 13 oktyabrga qadar davom etadi.

To‘lqin RO‘ZIEV, Alimurod MAMADAMINOV (surat), O‘zA.