English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!
14:55 / 2024-03-21

Qarshi shahridagi amfiteatrda tashkil etilgan viloyatning Navro‘z bayrami ushbu bosh g‘oya asosida o‘tdi. Ta’kidlash lozimki, viloyat ahli bu yilgi bayram shodiyonalariga o‘ziga xos tayyorgarlik bilan kelishdi.

Kuni kecha mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida hasharlar tashkil etildi. Hududlar obod qilinib, nihollar ekildi hamda ko‘kalamzorlashtirildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bir yarim yil ichida viloyat bo‘ylab 40 million tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bayram arafasida viloyatda yuzlab inshootlar foydalanishga topshirildi. So‘nggi bir yilda viloyatda aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 51 foizdan 59 foizga yetkazildi. Elektr energiya ta’minotini yaxshilash maqsadida 77 milliard so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari olib borildi. Yo‘llar obod qilish uchun byudjetdan 900 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. “Inson – manfaati barchasidan ulug‘” g‘oyasi asosida aholining ehtiyojmand qatlamlari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatda turgan oilalarga 180 milliard so‘mlik turli ko‘rinishdagi yordamlar ko‘rsatildi. 

[gallery-16525] 

Viloyat hokimi Murotjon Azimov umumxalq bayrami bilan barchani qutlar ekan kelgusida amalga oshirilishi mo‘ljallangan ishlarga ham to‘xtalib o‘tdi.  

– Viloyatda mahalliy byudjetdan mablag‘ ajratgan holda “Xorijiy til bilan IT ga yo‘l” loyihasi yo‘lga qo‘yildi va minglab qashqadaryolik yoshlarning o‘quv markazlarida ingliz tili va IT sohasi bo‘yicha o‘qish xarajatlari qoplab beriladi, – dedi viloyat rahbari. – “Har bir mahallada kamida ikki nafar dasturchi” loyihasi bo‘yicha har bir shahar va tumanda o‘qitish manzillarini belgilab olganmiz, u yerda 2 ming nafarga yaqin yigit-qizlar Yoshlar jamg‘armasi hisobidan o‘qitiladi. 2024-yilda Qashqadaryoda umumiy qiymati bir milliard dollarlik xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish hisobiga 36 ta yirik va ahamiyatli loyihalarni amalga oshirish hamda eksport hajmini ham bir milliard dollarga yetkazishni rejalashtirganmiz. Pirovard natijada tadbirkorlarimiz ko‘magida joriy yil 550 ming nafar aholining bandligini ta’minlab, viloyatni ishsizlikdan xoli hududga aylantirishni maqsad qilganmiz.  

El suygan san’atkorlarning vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari barchaga xush kayfiyat ulashdi. Shuningdek Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘i bo‘ylab tashkil etilgan milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari ham barchada iliq taassurot qoldirdi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/tW6WQ0O3rTk?si=rJ6cmPs2dz9PXlVB" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘lmas Barotov,  

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari