Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olam go‘zalligi – gultoji ayol
17:34 / 2026-03-07

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Olam go‘zalligi – gultoji ayol” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida xotin-qizlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan ushbu tantanali tadbir ham ana shunday e’zoz va ehtiromning yorqin namunasi bo‘ldi.

Tadbirda Pedagogik mahorat markazi direktori G.Kojabayeva yig‘ilganlarni bahorning ilk bayrami bilan samimiy qutlar ekan, ayol nafaqat xonadon farishtasi, balki ta’lim sohasining ham tayanchi ekanini qayd etdi.

Ta’kidlanganidek ayol bor ekan – olam nurli, hayot go‘zal. Bugungi kunda markazning yutuqlarida aziz ayollarning, fidoyi ustozlarning o‘rni beqiyosdir. Ularning sabr-toqati va kasbiy mahorati yosh avlod tarbiyasida eng muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tadbir davomida markazda samarali mehnat qilayotgan, o‘zining ilmiy va pedagogik salohiyati bilan ajralib turgan xotin-qizlarning erishgan yutuqlari e’tirof etildi. Kasbiy mahorati va faolligi bilan barchaga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimalarga markaz rahbariyati tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan faxriy ustozlar o‘zlariga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA