Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olaf Shols: G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari samarali
11:25 / 2022-08-31

G‘arbning Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalari samarali va to‘g‘ri. Yevropaning Ukraina mojarosiga qarshi yakdil javobi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hayratga sola oldi, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols mahalliy Magdeburger Volksstimme gazetasiga bergan intervyusida.

Kanslerning fikricha, sanksiyalar Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini to‘xtatish uchun muhim bosim bo‘ldi.

"Mamlakat jahon texnologik jarayonidan uzib qo‘yildi. Bu qanchalik uzoq davom etsa, Rossiyaga shunchalik ko‘p zarar bo‘ladi. Men uchun Germaniyaning Ukraina tarafini olayotgan alyansidan chiqishi bo‘yicha gap ham bo‘lishi mumkin emas", – qo‘shimcha qildi u. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, ushbu mojaroga Yevropaning yakdil va kuchli javobi Putinni hayratga soldi. "U buni kutmagandi", – deydi kansler.