Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oktyabr oxiri noyabr boshida yurtimiz stadionlarida yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘yinlari o‘tkaziladi
21:15 / 2021-10-22

Joriy yilning 27 oktyabridan 2 noyabriga qadar mamlakatimiz stadionlarida yoshlar (U-23) o‘rtasida Osiyo chempionati saralash o‘yinlari o‘tkaziladi.

Terma jamoamiz guruhda Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Kuvayt termalari bilan kurash olib boradi. O‘yinlarga poytaxtimizdagi “Paxtakor” va “Jar” stadionlari mezbonlik qiladi. Saralash o‘yinlari futbolchilarimiz uchun final o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini bajaradi. Sababi, Osiyo chempionatining final bosqich bahslari ham aynan O‘zbekiston stadionlarida o‘tkaziladi.

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze Toshkentda boshlangan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga quyidagi futbolchilarni jalb etdi.

Darvozabonlar:

Shukron Yo‘ldoshev ("Paxtakor"), Hamidullo Abdunabiyev, Vladimir Nazarov (ikkalasi ham "Olimpik"dan)

Himoyachilar:

Abubakr Rizo Turdaliyev ("Nasaf"), Muhammadqodir Hamraliyev ("Dinamo"), Odilbek Abdumajitov ("Metallurg"), Asliddin Toshtemirov ("Turon"), Dostonbek Tursunov, Eldorbek Begimov, Saidazamat Mirsaidov, Bektemir Abdumannonov, Hamid Rustamxonov, Sunnatulloh Hamidjonov, Shahzod Tairov (barchasi "Olimpik"dan)

Yarim himoyachilar:

Abbosbek Fayzullayev, Diyor Holmatov (ikkalasi ham "Paxtakor"dan), Diyorbek Rahimqulov ("Andijon"), Ibragim Ibragimov ("Metallurg"), Jasurbek Jaloliddinov ("Lokomotiv"), Abdurauf Buriyev, Davron Anvarov, Farruhbek Muhtorov (barchasi "Olimpik"dan)

Hujumchilar:

Ulug‘bek Hoshimov ("Neftchi"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Huseyn Norchayev ("Nasaf"), Alisher Odilov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Ruslanbek Jiyanov (barchasi "Olimpik"dan).

Musobaqa taqvimi:

27 oktyabr, chorshanba

Bangladesh – Kuvayt.

12.00. “Jar” stadioni.

S.Arabistoni – O‘zbekiston

15.00. “Paxtakor” stadioni.

30 oktyabr, shanba

O‘zbekiston – Bangladesh

15.00. “Paxtakor” stadioni.

Kuvayt – S.Arabistoni

12.00. “Jar” stadioni.

2 noyabr, seshanba

Kuvayt – O‘zbekiston

15.00. “Paxtakor” stadioni.

S.Arabistoni – Bangladesh

12.00. “Jar” stadioni.

O‘zA