French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oksford universiteti professori andijonlik talabalarga ma’ruza o‘qidi
10:27 / 2023-04-05

Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti professori Aleksander Morrison Andijon davlat universitetida bo‘ldi.

Ma’lumki, Oksford universiteti dunyodagi eng nufuzli va uzoq tarixga ega universitetlardan biri hisoblanadi. Qariyb 900 yil avval tashkil etilgan mazkur oliy ta’lim muassasasi bugun jahon universitetlari reytingida THE tizimi bo‘yicha 1-o‘rinni,  QS bo‘yicha 4-o‘rinni egallab turibdi. Ayni kunda o‘zining yirik infratuzilmasiga ega universitetda aniq, gumanitar, ijtimoiy  fanlar, biznes, yurisprudensiya, tibbiyot va texnologiya yo‘nalishlarida minglab talabalar tahsil oldi.  

[gallery-11278]

Oksford universiteti professori Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev bilan uchrashdi. Ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirdi.  

Uchrashuv doirasida Buyuk britaniyalik olim universitet faoliyati, o‘quv jarayonlari, talaba-yoshlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Andijon davlat universitetida olib borilayotgan ishlar, universitetning imkoniyatlari mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi.  

Professor Aleksander Morrison universitet tarix fakultetining 3-4-bosqich talabalariga “O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi” va “Markaziy Osiyoda ingliz-rus raqobati” mavzularida ma’ruza o‘qidi. Ma’ruza bo‘yicha o‘qituvchi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi, mashg‘ulotlar olib borishdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.  

Shundan so‘ng professor Aleksander Morrison Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari” xotirasi muzeyida bo‘ldi. Muzey direktori, tarix fanlari doktori, professor Rustambek Shamsitdinov bilan suhbatlashdi. Yurtimiz ozodligi va mustaqilligi yo‘lidagi mashaqqatli kurashlar, ana shu yo‘lda jon fido qilgan ajdodlarimiz hayoti va faoliyati  aks etgan fotoko‘rgazmalar bilan tanishdi.  

Professor Aleksander Morrison universitet rahbariyati bilan kelgusida tarix fani yo‘nalishida hamkorlik qilish bo‘yicha  kelishib oldi.  

F. Ubaydullayev,  

Z.Umrzoqov (surat),  

O‘zA