Oksana Kiosya «Parij-2024»da hakamlik qiladi
Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) «Parij-2024» yozgi Olimpiya o‘yinlarida faoliyat olib boradigan yana bir o‘zbekistonlik hakam nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Oksana Kiosya bo‘lajak Olimpiadada sportchilarning chiqishini baholaydi.
Qit’a va jahon chempionatlarida faoliyat yuritib kelayotgan yurtdoshimiz uchun bu birinchi Olimpiada bo‘ladi. Kiosya ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda ishlashi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: «Parij-2024» yozgi Olimpiya o‘yinlarida Zuhra Abdullayeva (og‘ir atletika), Vyacheslav Pereteyko (dzyudo), Ravshanbek Mirzayev (sport gimnastikasi) va Eshpo‘lat Hidoyatov (sport kurashlari) kabi hakamlarimiz ham faoliyat ko‘rsatadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA