O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 14 apreldagi 74-sonli majlis bayoniga asosan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi sport maktablariga o‘quvchilar qabuli amalga oshirilmoqda.
Bugun Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonining kasbiy (ijodiy) yo‘nalishi bo‘yicha sinovlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur maktabga joriy o‘quv yilida 202 talabgor hujjat topshirgan bo‘lib, topshirilgan hujjatlar soni bir o‘ringa 8 tani tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi bilan hamkorliqda sport maktabiga o‘quvchilarni qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish uchun sport turlari bo‘yicha malakali mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tarkibi shakllantirildi.
[gallery-24389]
O‘quvchilar kasbiy (ijodiy) imtihonda umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari va maxsus jismoniy mashqlarni bajarishlari lozim bo‘ladi.
Imtihon jarayonida o‘quvchilar va ularning ota-onalariga barcha qulayliklar yaratilgan. Har bir imtihon maskanida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun sog‘liqni saqlash xodimlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash uchun Milliy gvardiya va Ichki ishlar xodimlari ham jalb qilingan.
Bugun 2018 yilda tavallud topgan qiz bolalar badiiy gimnastika yo‘nalishi bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi. Ertaga 21 iyul kuni esa sport gimnastikasi bo‘yicha sinovlar bo‘lib o‘tadi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA