Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oksana Chusovitina: “Gimnastika zali bu — mening birinchi muhabbatim” (+video)
13:50 / 2022-05-19

Xabaringiz bo‘lsa, yaqinda gimnastika sporti bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida atlet Oksana Chusovitina tayanab sakrash dasturida g‘alaba qozondi va Osiyo o‘yinlaridan so‘ng, Parij -2024 Olimpiadasiga tayyorlanishga qaror qilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, sportchi Oksana Chusovitina sport mahorati maktabini tashkil etish bo‘yicha yaqinda prezident tomonidan imzolangan farmon va bu doirasidan amalga oshirilayotgan ishlar, shaxsiy hayoti, oilasi, kelajakdagi orzu va maqsadlari yuzasidan intervyu berdi.

— Men har doim barcha shart-sharoitlar bilan ta’minlangan gimnastika zalimiz bo‘lishini va u yerda bolalar kelib, bemalol shug‘ullanishlari, gimnastika yuksak darajada rivojlanishini istaganman.  Ehtimol, ushbu maktabda bolalar orasida chempionlar chiqmas, ammo ularning  sport bilan shug‘ullanishlari, kelajakda sog‘lom avlod safining kengayishiga turtki bo‘ladi deb o‘ylayman.  

Shu bois ushbu gimnastika maktabining tezroq ochilishini intiqlik bilan kutyapmiz. Hozircha bu borada hech qanday yangilik yo‘q va qurilish ham boshlangani yo‘q. Belgilangan muddat esa juda oz, deydi sportchi.  

Ayni damda 47 yoshni qarshi olgan sportchi bilan boshlangan gurungimiz, shu tariqa savoldan savollarga ulanib ketdi. 
O‘zining aytishiga qaraganda, sportning gimnastika  turini tanlaganida onasiga qattiq qarshilik qilgan. 

Shuningdek, Germaniya bayrog‘i ostida maydonga tushishga nima sabab bo‘lgani va turmush o‘rtog‘i bilan antiqa tanishuvi, bugungi yosh atletlarning nega Oksana darajasiga ko‘tarila olmayotgani, har gal musobaqalarga chiqishidan avval qo‘rquvni qanday yengishi haqida so‘zlab berdi.   

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/rIPXbsL80o0" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>               

Mohichehra Eshmirzayeva,  Doniyor Yoqubov (video), O‘zA