Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Okrug saylov komissiyasi vazifalari belgilandi
18:52 / 2023-05-25

Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 4-Jizzax okrug saylov komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

4-Jizzax okrug saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Dilbar Pardayeva boshqargan yig‘ilishda okrug saylov komissiyasi barcha a’zolariga a’zolik guvohnomalari topshirildi. Okrug saylov komissiyasi a’zolari kun tartibidagi tashkiliy ishlar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni adolatli va shaffof o‘tkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, yig‘ilish davomida komissiya a’zolarining vazifalari taqsimlanib, saylovga tayyorgarlik ko‘rish davrida okrug saylov komissiyasi a’zolarining navbatchilik jadvali belgilandi.  

Okrug saylov komissiyasi a’zolarining vazifalari taqsimoti, ish hujjatlari nomenklaturasi, okrug komissiyasi ayrim a’zolarini saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etish kabi muhim masalalar muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 4-Jizzax okrug komissiyasi raisi o‘rinbosari Dilbar Pardayeva, komissiya kotibi To‘lqin Yunusov yig‘ilish ishtirokchilarini komissiya a’zolari uchun poytaxtimizda o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlari mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirdi.  

Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.  

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA