Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Okrug harbiy orkestridan Yangi yil sovg‘asi
09:58 / 2019-12-25

Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisiga Yangi yil tarovatini hadya etishni boshladi.


Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisiga Yangi yil tarovatini hadya etishni boshladi.

Ana shunday tomoshalardan biri Nukus shahridagi ko‘ngilochar-savdo majmuasi oldidagi Yangi yil archasi o‘rnatilgan maydonda tashkil etildi.

Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati O‘zAga ma’lum qildi. 

Harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan klassik va milliy kuylar bayramona kayfiyat bilan yurgan yurtdoshlarimizni befarq qoldirmadi. Olqishlar bilan qarshi olingan har bir san’at namunasi yig‘ilganlarga olam-olam shodlik ulashdi. Qiziqarlisi, harbiy orkestr jamoasi tashabbusi bilan bu yilgi bayramda harbiy ijodkorlar Yangi yil bayramining bosh qahramoni – Qorbobo kiyimlarida mahoratlarini ko‘rsatishmoqda.

Leytenant Aqlbek Qorazbekov boshchiligidagi harbiy orkestr jamoasi Yangi yil bayrami arafasida xalqimizning kayfiyatini ko‘tarishda davom etadi.