English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“OKN-Servis” kompaniyasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi
14:14 / 2021-08-16

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Agentlik boshlig‘i X.Umarov va tegishli boshqarma mas’ul xodimlari, “OKN-Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatining kadrlar masalalari xizmati rahbari D.Danilov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda viloyatlarda o‘tkaziladigan tanlovlarda ish beruvchilar tomonidan tanlab olingan fuqarolarni xorijga ketishdan oldin kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ko‘niktirish va o‘qitish jarayonlarini tashkillashtirish, uyushgan holda Rossiya Federatsiyasiga jo‘natish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Agentlik va Rossiya Federatsiyasining «OKN-Servis» kompaniyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuviga asosan, ushbu tashkilotda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun mamlakatimiz hududlarida 17-19 avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tanlov haqida fikr almashildi.

Uchrashuvda pandemiya davrida O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda Rossiya Federatsiyasi hududida ishga jalb qilish, ikki davlat o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, kelgusidagi istiqbolli rejalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 17-19 avgust kunlari Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida “OKN-Servis” kompaniyasi vakillari ishtirokida ushbu korxonada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.