Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMKda mahsulotlar eksporti prognozi bajarilishi ta’minlandi
11:04 / 2025-10-09

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida joriy yilning 9 oyida mahsulotlar eksporti borasida belgilangan vazifalari bajarilishiga erishildi.

Jumladan o‘tgan 9 oy davomida 377 811 000 долларлик mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, prognoz 102,4%ga ado etildi.

Mahsulotlar kesimida tahlil etadigan bo‘lsak, 33 171 tonna mis mahsulotlari, 18 332 tonna rux mahsulotlari xorijiy xaridorlarga yuborilgan.

Bundan tashqari, reniy, kadmiy, mis kuporosi kabi mahsulotlari eksportida ham ko‘zlangan natijalarga erishildi.

Ma’lumot uchun hozirgi kunda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda.

OKMK Sotish va metallurgiya xom ashyosi ta’minoti boshqarmasi