English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi
15:50 / 2025-07-28

Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va “Sanoat uchburchagi” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, dastur doirasida ayni kunlarda OKMK hamda “Andijon mexanika zavodi” AJ hamkorligida tog‘ jinslarini tashishda keng foydalaniladigan (115 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega) vagon-samosvallar ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.  2024 yil noyabr oyida OKMK hamda “Andijon mexanika zavodi” AJ o‘rtasida 534 milliard so‘mlik hamkorlik memorandumi imzolanib, yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, kombinat uchun zarur bo‘lgan 6 o‘qli 2VS-105 (Q-115) turdagi vagon-samosvalni loyihalash va ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Vagon-samosvalni ishlab chiqarish bo‘yicha kombinat hamda “Andijon mexanika zavodi” AJ mutaxassislari hamkorlikda konstruktorlik loyihalash ishlarini amalga oshirdi. Natijada kuni kecha vagon-samosvalning ilk namunasi tayyor holatga keltirildi. Endilikda ushbu namuna dumpkar sanoat rejimida sinov jarayonlaridan o‘tkaziladi.  

Loyiha doirasida “Andijon mexanika zavodi” AJ tomonidan 2025-2026 yillarda 196 ta shunday vagon-samosvallar kombinatga yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan. Bu dumpkarlar, ya’ni vagon-samosvallar kombinat konlaridan boyitish fabrikalariga tog‘ jinslarini tashishda asosiy transport vositasi hisoblanadi.

E’tiborli jihati shundaki, shu kungacha ular xorijdan keltirilar edi. Endilikda mahalliylashtirish dasturi doirasida dumpkarlar mamlakatimizda ishlab chiqariladigan bo‘ldi.  

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozirda ishlab chiqariladigan 6 o‘qli 2VS-105 (Q-115) turdagi vagon-samosvallar xorijnikiga qaraganda 1,5 baravar arzonga tushadi.  

Ma’lumot uchun: OKMK “Andijon mexanika zavodi” AJ bilan bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib keladi. 2022 yilda O‘zbekistonda ilk bor hamkorlikda 15-1482 modeldagi ixtisoslashtirilgan yuk vagonining yangi turini ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Shuningdek, “Andijon mexanika zavodi” AJ tomonidan kombinat uchun portlatish materiallari hamda sulfat kislotasini tashishda foydalaniladigan 117 dona maxsus sisterna vagonlar yetkazib berilgan.

OKMK Axborot xizmati