Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMKda ilk bor nanotexnologiyalar bo‘yicha patent olindi
09:37 / 2023-11-07

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati olimlari va mutaxassislarining navbatdagi kashfiyotiga ixtiro patenti berildi.

Qattiq qotishmalarga qo‘shish uchun volfram nano kukunini olish usuliga taqdim etilgan ushbu patent 100 foiz OKMKga tegishli. Ushbu usul kukun metallurgiyasida, nano kukunlarni olish va qo‘llashda foydalaniladi. Mazkur usul orqali qattiq qotishmalar ishlab chiqarish jarayonida qotishmaning mustahkamligi 16 foizga oshiriladi. Qattiq qotishmalarda eng og‘ir holatdagi parametr bu mustahkamlik bo‘lib, yangi ixtiro yuklama (bosim ostida) qotishmani sinib ketmasligini oldini oladi.  

Nano kukunlar qotishma ishlab chiqarishda rekristallizatsiya jarayonida faol qatnashib, zich materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Hozirda ushbu ixtiro OKMKning Chirchiq shahridagi tarkibiy bo‘linmasida qattiq qotishmalar ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda.  

OKMK Axborot xizmati