OKMKda 4 oyda 177,7 mln dollarlik eksport amalga oshirildi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti borasida 2024 yil yanvar aprel holati bo‘yicha prognoz 105%ga bajarildi. O‘tgan 4 oy mobaynida 177 786 000 dollarga mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Xususan, 15 653 tonna mis mahsulotlari, 9 372 tonna rux mahsulotlari, 242 tonna molibden mahsulotlari xorijlik iste’mochilarga yetkazib berilgan.
Reniy (220%), kadmiy(100,4%), mis kuporosi(145,8%), qo‘rg‘oshin konsentrati(113,3%) kabi mahsulotlarning eksporti prognozi oshig‘i bilan bajarilishi ta’minlangan.
Ta’kidlash joizki kombinat mahsulotlari 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Yildan yil mahsulotlar eksport geografiyasi kengaymoqda. Jumladan, 2023 yilda mis katankasi va mis kuporosi eksportida yangi bozorlar – Amerika Qo‘shma Shtatlari, Meksika va Finlyandiya kabi davlatlar o‘zlashtirildi.
OKMK Axborot xizmati