OKMKda 10 oyda 419 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida joriy yilning yanvar-oktyabr holatiga ko‘ra, mahsulotlar eksporti bo‘yicha belgilangan vazifalar bajarildi.
Xususan, o‘tgan oyda eksport prognozi 102,4%ga bajarilib, 419 020 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Xorijlik iste’molchilarga 10 oyda 36 445 tonna mis mahsulotlari, 19 503 tonna rux mahsulotlari yetkazib berildi.
Shuningdek, reniy, kadmiy, mis kuporosi, palladiy kukuni kabi mahsulotlarning eksporti bo‘yicha belgilangan prognozlarning bajarilishi ta’minlandi.
Ma’lumot uchun hozirgi kunda kombinat mahsulotlari 19ta davlatga eksport qilinmoqda.
OKMK Sotish va metallurgiya
xom ashyosi ta’minoti boshqarmasi