Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning o‘tgan yetti oyi davomida barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishi barobarida mahsulotlar eksporti bo‘yicha ham belgilangan reja ortig‘i bilan ado etildi.
Xususan, 2025 yil yanvar-iyul holatiga ko‘ra, mahsulotlar eksporti rejasi 102,7 foizga bajarildi. 285 million 800 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.
Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, o‘tgan davrda 25 ming 277 tonna mis, 14 ming 302 tonna rux mahsulotlari xorijlik iste’molchilarga yetkazib berilgan. Shuningdek, reniy, kadmiy, mis kuporosi, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar ham eksport qilingan.
Ma’lumot uchun: OKMK eksport geografiyasi yildan yilga kengaymoqda. Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda. 2024 yilda bir qator yangi bozorlar o‘zlashtirildi. Jumladan, Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Portugaliya kabi davlatlarga mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirildi.
OKMK Axborot xizmati