Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol
12:04 / 2024-04-15

Mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi ham faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2023-yil kuz va 2024-yil bahor mavsumlarida loyihani amalga oshirish uchun jami 243 gektar yer maydoni ko‘chat ekishga tayyorlandi. Bugungi kunga qadar ushbu yer maydonlarida 1 million 536 ming (101%) dona daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ekilgan daraxt ko‘chatlarining 955 ming donasi atrof-muhitga ta’sir xavfi o‘rta va yuqori darajada bo‘lgan obyektlar atrofida “Yashil belbog‘” ko‘rinishida yerga qadalib chiqildi.  E’tiborli jihati, “Yashil makon” loyihasi kombinatning respublikadagi barcha obyektlarida ham amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, Toshkent viloyatida jam bo‘lib 1 million 422 ming dona daraxt nihollari, Olmaliq shahrida 1 million 320 ming tup ko‘chatlar ekildi. 781 ming donasi esa “Yashil belbog‘” ko‘rinishida o‘tqazildi. Bundan tashqari, Chirchiq shahrida 18200 dona, Angren shahrida 83300 dona navnihollar “Yashil belbog‘” ko‘rinishida ekildi.

Shuningdek, “Yashil belbog‘” uchun Namangan viloyati Pop tumanida 42630 tup daraxt ko‘chatlari ekildi. Jizzax viloyati Forish tumanida 5000 tup, Samarqand viloyati Ingichka konida 21000 tup nihollar yerga qadaldi.  Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida 48500 tup daraxt nihollari “Yashil belbog‘” uchun ekilganini ta’kidlash joiz.

Kelgusi yillarda ekish uchun 4 023 290 dona terak qalamchalari o‘tqazib chiqildi. Daraxt ko‘chatlari ekilgan hududlarning barchasi tomchilab sug‘orish tizimi bilan ta’minlanmoqda.  

Yana bir muhim jihati ekilgan daraxt ko‘chatlari kombinat korxonalarining faol ishchilariga parvarishlash, saqlash, agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun biriktirilmoqda.

OKMK axborot xizmati