Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK xalqaro kongressda “Yil investitsiyaviy loyihasi” nominatsiyasi g‘olibi
09:40 / 2025-12-05

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston va Markaziy Osiyo tog‘-kon sanoati” IV xalqaro kongressi va ko‘rgazmasida bir qator nominatsiyalar bo‘yicha korxona-tashkilotlar rag‘batlantirildi.

E’tiborlisi, tadbirda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ “Yil investitsiyaviy loyihasi” nominatsiyasi g‘olibi sifatida e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi samarali amalga oshirib kelinmoqda.