Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK va Turkiya kompaniyasi hamkorligida qo‘shma korxona tashkil etiladi
16:36 / 2024-08-28

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati va Turkiyaning “Esan Eczacibasi” kompaniyasi bosh direktori Emre Kayishoglu o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda “Uchquloch” polimetall konini kompleks o‘zlashtirish loyihasi doirasida tashkil etilayotgan “Yangi O‘zbekiston Mining” MCHJ qo‘shma korxonasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalar muhokama etildi. Shuningdek, uchrashuv davomida yangi tashkil etilayotgan “Yangi O‘zbekiston Mining” MCHJ qo‘shma korxonasi ta’sis hujjatlari imzolandi.  

Ma’lumot uchun: “Esan Eczacibasi” kompaniyasi 1978 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Turkiya Respublikasining yetakchi minerallar ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi kompaniyasi hisoblanadi. Hozirgi kunda kompaniya 40 ta konda minerallar qazib olish bilan shug‘ullanadi. Korxona 8 ta boyitish fabrikalariga ega, 150 turdagi mahsulotlarini 40 dan ortiq davlatlarga eksportni yo‘lga qo‘ygan.

Kompaniya tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanidagi “Uchquloch” konida umumiy qiymati 100 million dollarlik qo‘rg‘oshin va rux xomashyo zaxiralarini sanoatda o‘zlashtirishga tayyorlash hamda samarali texnologiyalar orqali foydali komponentlarni ajratib olgan holda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

OKMK axborot xizmati