"OKMK" Superligada hamon birinchi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turida «OKMK» va «Paxtakor», «Bunyodkor» hamda «Olimpik» klublari o‘zaro raqobatlashdi.
«OKMK» sport majmuasida o‘tkazilgan bahsda «OKMK» 4:2 hisobida «Paxtakor»dan ustun keldi va 23 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining birinchi o‘rnini yanada mustahkamladi. «Paxtakor» esa oltinchi pog‘onada 16 ochko bilan qoldi. Toshkentda o‘tkazilgan «Bunyodkor» – «Olimpik« uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi. Shu tariqa, «Bunyodkor» 8 ochko bilan 13, «Olimpik» esa 13 ochko bilan 9-pog‘onadan joy oldi.

Bugun, 22 iyun kuni Superliganing 12-turi yakunlanadi. Mazkur turning so‘nggi bahslari «Dinamo» – «Andijon», «Lokomotiv» – «So‘g‘diyona» jamoalari o‘rtasida o‘tadi. Ushbu o‘yinlar mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA