Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-tur uchrashuvlarining so‘nggi kunida «Lokomotiv» – «So‘g‘diyona» hamda «Dinamo» – «Andijon» klublari o‘zaro raqobatlashdi.
Samarqanddagi o‘yinda tomonlar 1:1 hisobida durangga imzo chekkan bo‘lsa, «Lokomotiv» va «So‘g‘diyona» uchrashuvi 1:2 hisobida yakunlandi.
Mazkur uchrashuvlardagi natijadan so‘ng Superliga jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Jumladan, «OKMK» 13-tur oldidan ochkolarini 23 taga yetkazib oldi va musobaqa peshqadamiga aylandi. «Nasaf» esa 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qolgan bo‘lsa, «So‘g‘diyona» 20 ochko bilan uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Navbahor» 19, «Neftchi» 18 ochko bilan 4-5 pog‘onani egalladi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, «Nasaf», «Navbahor» va «Neftchi» jamoalari «OKMK» va «So‘g‘diyona»ga nisbatan bitta o‘yin kam o‘tkazgan. Bu degani, ushbu uch jamoada jadvalning yuqori pog‘onalariga joylashish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, «Andijon» «Paxtakor» 16 ochko jamg‘arib, 6-7-8-o‘ringa joylashdi. «Dinamo» 14, «Olimpik»13 ochko bilan kuchli o‘nlikni yakunladi. «Qizilqum» 12 va «Lokomotiv» jamoasi 9 ochko bilan 11-12-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Bunyodkor» 8, «Metallurg» esa 6 ochko bilan quyi pog‘onalarda bormoqda.

Hozirda Superliga bahslarida Lupche Doriyev 9 ta gol urgan holda to‘purarlar jadvalini boshqarib bormoqda. Uning ortidan Toma Tabatadze 8 ta, Dragan Cheran 6 ta gol bilan ta’qib etib bormoqda. «Andijon» jamoasi a’zosi Bektemir Abdumannonov o‘tgan 12-turda jami 7 marotaba assist qildi va hozirda ushbu yo‘nalish bo‘yicha chempionatda unga teng keladigan futbolchi topilmayapti.
Ma’lumot o‘rnida: Superliganing 13-tur uchrashuvlari 25-28 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu turning ilk o‘yini «Olimpik» – «Surxon» o‘rtasida bo‘ladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA