“OKMK” Osiyo chempionlar ligasiga yo‘l oldi
Qatarning Doha shahridagi "Suhaim Bin Hamad" stadionida Olmaliqning “OKMK” jamoasi mezbon "Al Garafa" klubi bilan Osiyo chempionlar ligasi saralashining pley-off bahsida o‘zaro raqobatlashdi.
Mirjalol Qosimov shogirdlari mazkur uchrashuvda raqiblarini 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “OKMK” jamoasiga g‘alaba keltirgan golga Yovan Jokich 120-daqiqada mualliflik qildi. Ushbu g‘alaba evaziga “konchilar” Osiyo chempionlar ligasining "A" guruhidan o‘rin oldi.
Eslatib o‘tamiz, “OKMK” "A" guruhida Saudiya Arabistoni chempioni "Al Hilol" va BAA chempionatida o‘tgan mavsum peshqadam bo‘lgan "Al Ahli" hamda Tojikistonning "Istiqlol" jamoalari bilan kuch sinashadi.
Shuningdek, “OKMK”ning ushbu g‘alabasi sabab Qarshining “Nasaf” klubi “AFC” kubogining guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA