Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: oqova suvlar fin tajribasi asosida tozalanadi
10:13 / 2025-04-22

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, kombinat texnologik ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘layotgan kislotali va ishqorli oqova suvlarni tozalash bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi bor Finlyandiya tajribasi qo‘llanilmoqda.

O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Finlyandiyaning "EPSE OY" kompaniyasi 2024 yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining oqova suvlarini tozalash bo‘yicha tajriba loyihasini qo‘llash bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolangan edi. Ayni kunlarda Finlyandiyaning "EPSE OY" kompaniyasi kislotali va ishqorli oqova suvlarni tozalash bo‘yicha pilot loyihasini kombinatda joriy etmoqda. Tajriba tariqasida pilot qurilma Angren kon boshqarmasining "Ko‘ch-buloq" konining tozalash inshootlariga o‘rnatildi va sinov ishlari olib borilmoqda.

E’tiborlisi, kompaniya pilot loyiha davrida maxsus reagentni qo‘shish evaziga ohak sarfi 60 foizga qisqartiriladi. Shuningdek, tozalash jarayonidagi suv talab darajasiga yetkaziladi. Tozalash jarayonida hosil bo‘layotgan quyqa tarkibidan esa rangli metallarni ajratib olish imkoniyati yaratiladi.  

Sinovlar yakunida finlyandiyalik mutaxassislar loyihaning tejamkorligi va samaradorligini isbotlashi va ushbu zanjirni sanoat miqyosida qo‘llash xamda kimyoviy suv tozalash inshootlari ishlash samaradorligini 99,5 foizga yetkazish bo‘yicha xulosa berishi kerak. Bu xulosa kombinatning Angren kon boshqarmasi hamda Rux va Mis eritish zavodlarining tozalash inshootlari uchun olinadi.

Sinov tahlillarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu loyihaning amalga oshirilishi sanoat oqova suvlarining zararli ta’sirini yuqori darajada kamaytirish imkonini beradi. Kelgusida esa bu tajriba O‘zbekistonning barcha sanoat korxonalarida qo‘llanilishi rejalashtirilgan.

OKMK axborot xizmati