Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: olti oyda 239,3 million dollarlik mahsulotlar eksport qilindi
15:22 / 2025-07-09

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan birinchi yarim yillikda mahsulotlar eksporti bo‘yicha barcha prognozlar bajarilganini alohida ta’kidlash joiz.

Jumladan, 2025 yil yanvar-iyun holati bo‘yicha OKMK tomonidan 239  million 300 ming dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 102,6 foizga bajarildi.

Xususan, birinchi yarim yillikda xorijga 21338 tonna mis mahsulotlari yuborilib, ushbu yo‘nalishda reja 120,7 foizga ado etildi. Shuningdek, reniy, rux, kadmiy, mis kuporosi kabi mahsulotlar eksportida ham prognozlar bajarildi.

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda. 2024 yilda bir qator yangi bozorlar o‘zlashtirilib, Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Portugaliya kabi davlatlarga mis katankasi va mis kuporosi kabi mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

OKMK Axborot xizmati