Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: Ohak zavodi ishlab chiqarish vazifasini muddatidan avval bajardi
15:44 / 2025-12-09

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining tarkibiy bo‘linmalari biznes rejada ko‘rsatilgan yillik prognoz vazifalarini muddatidan avval bajarishga muvaffaq bo‘lishmoqda.

Jumladan, Ohak zavodi mehnat jamoasi  2025 yil uchun o‘zlariga yuklatilgan vazifani  8 dekabr kuni bajarishga erishishdi.

Zavod tomonidan 139 815 tonna ohak ishlab chiqarilib, reja vazifa 100%ga bajarilishi ta’minlandi.

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, bu yutuqlar zamirida zavodda quvurli aylanma pechining 2-tarmog‘iga qo‘llanilgan yangi texnologiya  muhim o‘rin egallaydi. Bu  yangi texnologiya natijasida tabiiy gaz iqtisodiga erishilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshirildi. Shuningdek, zavoddagi texnologik uskunalarning bir maromda ishlashining ta’minlanishi ham mana shunday mehnat zafarlarining bosh omili bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: ohak ma’danlarni boyitishda muhim reagent hisoblanadi. OKMK boyitish fabrikalarida ham uni keng qo‘llashadi. Shuningdek, Rux  va Mis eritish zavodlarida sulfat kislota ishlab chiqarishda neytralashtirish uchun ohakdan foydalaniladi.

2025 yilning 14 fevral kuni Ohak zavodida quvurli aylanma pechining 2-tarmog‘i foydalanishga topshirildi. Natijada ohak ishlab chiqarish quvvatlari oshirildi.

Shuningdek, 2025 yilning 25 fevral kuni Jizzax viloyati, Forish tumanida “Yoshlik-I konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida Yangi ohak zavodining qurilishiga start berildi.