Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: mahsulot eksport hajmi ortmoqda
18:12 / 2022-08-08

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida joriy yilning o‘tgan yetti oyi davomida nafaqat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ortig‘i bilan bajarildi, balki mahsulotlarning eksport hajmi ham oshdi.

OKMK tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksport geografiyasi yildan yilga kengaymoqda. 

Jumladan kombinat mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belorus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. Eksport qilinayotganlar safiga – Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapur ham qo‘shildi. Ushbu davlatlarga asosan mis mahsulotlari sotilgan.  

Xorijiy xaridorgirlarga 45 ming 940 tonna mis mahsulotlari eksport qilingan, belgilangan reja 113,4 foizga uddalangan. Shuningdek, 42 ming 815 tonna mis katodi, 3 ming 125 tonna mis quvurlari xorijga yuborilgan. Bundan tashqari, 36055 tonna rux mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan. 188 tonna kadmiy metalli xaridorlarga sotilgan bo‘lib, reja 117,5 foizga bajarilgan. 

Mis kuporosi eksportida 5234 tonna natija qayd etilgan. Molibden mahsulotlari eksporti rejasi 151,9 foizga bajarilgan holda, 486 tonna mahsulot xorijlik hamkorlarga yetkazilgan. 15 ming 953 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati eksport qilinib, reja 130,8 foizga uddalangan.  

2022 yil yanvar-iyul holatiga OKMK tomonidan 623 402 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilgan holda, reja 133,5 foizga bajarilganini alohida ta’kidlash joiz.  

OKMK Axborot xizmati 

O‘zA