Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK kurashchilari Jahon chempionati litsenziyasini qo‘lga kiritdi
11:42 / 2024-09-24

Joriy yilning 20-22 sentyabr kunlari Namangan shahrida 2004-2005 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida sportning belbog‘li kurash turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada OKMK kasaba uyushmasi kengashi jismoniy tarbiya va sport bo‘limi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishib salmoqli natijalarni qaqyd etishdi.

Murabbiy Bahodir Sheranov shogirdlaridan Sohibjon Boymatov 62 kg vazn toifasida gilamga tushib barcha raqiblaridan ustun kelgan holda mamlakat chempioni bo‘ldi.

100 kilogramm vazn toifasida gilamga tushgan Jamshidjon Ortiqov ham o‘z raqiblari ustidan ishonchli g‘alaba qozonib, O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.

Etiborlisi, ushbu musobaqa g‘oliblari joriy yilning noyabr oyida Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati litsenziyasiga ega bolishdi. Sohibjon va Jamshidjonga Jahon chempionati bahslarida omad tilab qolamiz.

OKMK axborot xizmati