OKMK jamoasi O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘ldi
Nukus shahridagi Respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida gandbol bo‘yicha erkaklar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi.
Musobaqaning so‘nggi kuni g‘oliblik uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) va maydon egalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. O‘yin jihatidan ancha tajribaga ega bo‘lgan OKMK jamoasi g‘alaba qozonib, O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘ldi. Xorazm viloyati jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tantanali taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Allanazarov va boshqalar so‘zga chiqib, jamoalarni chiroyli o‘yinlari bilan qutladi.
[gallery-11868]
Sovrinli o‘rin egalariga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va kubok topshirildi.
Dovud ABIBULLAEV,
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA