Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: Investitsiya loyihalarining ijrosi yoʻlida
19:06 / 2020-02-26

Bu haqda kombinatga ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun “OKMK: Investitsiya loyihalarining ijrosi yoʻlida” mavzuida tashkil etilgan navbatdagi press-turda maʼlum qilindi.


“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatiga 2026-yilgacha 2,9 million dollar investitsiya jalb etilib, 2023-yilgacha mis ishlab chiqarish hajmini 28 foiz, rux ishlab chiqarishni esa 75 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Bu haqda kombinatga ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun “OKMK: Investitsiya loyihalarining ijrosi yoʻlida” mavzuida tashkil etilgan navbatdagi press-turda maʼlum qilindi.

Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi mazkur kombinat mis-molibden, polimetall, oltin tarkibli maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha nafaqat Oʻzbekiston, balki jahondagi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Ayni paytda korxona va uning Toshkent, Namangan, Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridagi tarkibiy boʻlimlarida 35 mingdan ziyod ishchi-xizmatchi mehnat qilayotir.

Kombinatni texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayoniga ilgʻor zamonaviy texnologiyalarni, yetuk mutaxassislarni jalb etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani tufayli jamiyatning ishlab chiqarish samaradorligi va sifati yuksalmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2019-yil 17-yanvardagi “Kon-metallurgiya tarmogʻi korxonalari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori muhim huquqiy asos vazifasini oʻtayotir.

Korxonaning investitsiya dasturi doirasida qiymati 3 milliard 349,8 million dollar boʻlgan 5 ta yirik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu jumladan, “Yoshlik I” konini oʻzlashtirish” loyihasini amalga oshirish hisobiga 2 milliard 676,2 million dollar miqdorida investitsiya oʻzlashtiriladi. Mazkur loyihaning ishga tushirilishi natijasida yiliga 74 million tonna ruda qazib olish quvvatiga ega boʻlgan kon, 60 million tonna rudani qayta ishlash imkoniyatga ega boʻlgan yangi – 3-sonli Mis boyitish fabrikasi, 275 ming tonna mis ishlab chiqarish quvvatiga ega mis elektrolizi sexi, 55 ming kub metr kislorod ishlab chiqarish quvvatlari quriladi.

Shuningdek, yangi 2-eritish (Vanyukov) pechi qurilib, anod va konvertor boʻlimi rekonstruksiya qilinadi. Kombinatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan mazkur loyihalar hisobiga 6 mingdan ziyod yangi ish oʻrni yaratiladi.

Bugungi kunda mazkur loyiha doirasida 272,5 million dollaridan ziyod qiymatdagi yuqori unumli togʻ-kon texnikasi import qilinib, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 55,4 milliard soʻmdan ortiq qiymatdagi texnika, shuningdek, 5 milliard soʻmlik 36 dona elektr asbob-uskunalar yetkazib berildi.

Ayni paytda obyektda qurilish-montaj, togʻ-kon va qazish ishlari olib borilmoqda. Loyiha boshlanganidan buyon jami 39 million kub metrdan ziyod hajmda qazish ishlari bajarildi. 2017-yilda 3,2 million kub metr, 2018-yilda 13 million kub metr va 2019-yilda 20 million kub metr qazish ishlari bajarilgan boʻlsa, 2020-yilda 25 million kub metr hajmda qazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Yil yakuniga qadar ushbu loyiha doirasida oʻzlashtiriladigan investitsiyalar hajmi 225,2 million dollarga teng boʻlishi kutilmoqda.

Qizil-olma koni bazasida “Samarchuk” yer osti koni qurilishi loyihasi doirasida esa qiymati 71,5 million dollar miqdoridagi investitsiya oʻzlashtirilishi hamda loyihani amalga oshirish hisobiga yiliga tarkibi oltinga boy 100 ming tonna ruda qazib olish vazifasi belgilangan. Hozirgi kunda bu yerda yer usti ishlari tugallanib, shaxtada konchilik ishlari davom etmoqda.

Yana bir muhim loyihalardan biri – “Xom-ashyoni qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” loyihasi amalga oshirilishi hisobiga 124,6 million dollar oʻzlashtiriladi. Shuningdek, “Qalmoqqir” va “Sarichoʻqqi” konlaridan ruda qazib olish hajmi 3,1 million tonnaga oshiriladi. Ayni paytda loyiha doirasida asosiy texnologik uskunalarni yetkazib berish ishlari davom etmoqda. Mazkur kondan 2017-yilda 37,2 million tonna ruda qazib olingan boʻlsa, loyiha ishga tushganidan keyin, aniqrogʻi 2021-yilda uning quvvati yiliga 40,3 million tonnaga yetkaziladi.

“Asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va stabillashtirish dasturi” doirasida 2019-2022-yillarda mis boyitish fabrikasi, mis eritish va rux zavodlari quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilash koʻzda tutilgan. Mazkur loyihani amalga oshirilishi natijasida 357,5 million dollar investitsiya oʻzlashtirilishi bilan bir qatorda, kombinat tomonidan atrof-muhitga chiqarilayotgan chiqindi hamda zaharli gazlar miqdori sezilarli darajada kamayishiga erishiladi

Muxtasar aytganda, 5 ta yirik loyiha doirasida 2019-2022-yillarda jami 1 milliard 455,8 million dollar miqdoridagi mablagʻ oʻzlashtirilib, rudani qazib olish hajmi 3 baravarga, rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarilishi qariyb 2 baravarga, eksport hajmi 1,6-martaga, byudjetga tushumlar esa 1,3-martaga oshiriladi.