Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: insonparvarlik yo‘lidagi amallar bardavom bo‘lmoqda
14:48 / 2025-08-29

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ezgu tashabbuslar aholining turmush darajasini oshirish hamda farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bugun davlat va jamiyat hamkorligida olib borilayotgan ijtimoiy loyihalar xalqimizning ezgu orzularini ro‘yobga chiqarishga zamin yaratmoqda.

Xususan, davlatimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan OKMK Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan biri Qo‘ldosh ota Xolbekovning xonadoni ta’mirlab berildi.

Bugungi kunda 60 yoshdan oshgan Qo‘ldosh ota va Maysara aya o‘z hovlilarida turfa xil mevali daraxtlar ekib, so‘lim bog‘ yaratishgan. Ularning fidokorona mehnati nafaqat farzandlari, balki barcha yoshlar uchun ibrat hisoblanadi.

Xonadon STTB tomonidan bunyod etilgan “Yashil makon” hududida joylashgani bois, kombinat temiryo‘lchilari muntazam ravishda ushbu oilaning holidan xabar olib turadi. Bu esa korxonaning insonparvarlik yo‘lidagi ishlari shunchaki shior emas, balki amaliy yordam, mehr-muruvvat va qo‘llab-quvvatlash tarzida namoyon etilishini yaqqol isbotlaydi.

– Davlatimiz rahbari tomonidan inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab kelayotgan kombinat rahbariyatiga o‘z minnatdorligimni bildiraman, – deydi Qo‘ldosh ota Xolbekov.

Bu kabi tashabbuslar nafaqat oilalarning qalbiga quvonch olib kiradi, balki jamiyatda birdamlik va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi. Zero, inson uchun eng oliy baxt o‘z yurtida e’zozlanib, mehr va g‘amxo‘rlikka sazovor bo‘lishidir.

A.Musayev, O‘zA.