Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: eksport reja 101,3 foizga bajarildi
08:59 / 2024-03-13

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan yanvar-fevral holati bo‘yicha 81 989 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, rejalashtirilgan ish 101,3 foizga bajarildi.

Mahsulotlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak,  ikki  oyda 7304 tonna mis, 4643 tonna rux metali, 132 tonna molibden  boshqa turdagi mahsulotlar xorijlik iste’molchilarga yuborildi.  

Aytish joizki, kombinat mahsulotlari 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Yildan yil mahsulotlar eksport geografiyasi kengaymoqda. Jumladan, 2023-yilda mis katankasi va mis kuporosi eksportida yangi bozorlar – Amerika Qo‘shma Shtatlari, Meksika va Finlyandiya kabi davlatlar o‘zlashtirildi.  

OKMK Axborot xizmati