Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: belgilangan rejalar va samaradorlik
09:18 / 2025-11-14

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida joriy yilning 10 oyi davomida mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha belgilangan barcha prognozlar bajarilishi ta’minlandi.

Jumladan,  joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 104 ta loyiha bo‘yicha 1087,5 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 102,6 foizga bajarildi. Import o‘rnini bosish samaradorligi 85,6 million dollarni tashkil etdi.

Yangi loyihalar bo‘yicha 891 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Xususan, Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida dastur bo‘yicha 61,4 milliard so‘mlik tegirmonlar, maydalagichlar, ekskavatorlar, temir yo‘l transporti, flotatsiya pnevmomexanik mashinalar uchun ehtiyot qismlar, g‘alvirlar uchun futerovkalar va mis simlari uchun katushkalar ishlab chiqarildi.

Bundan tashqari, dastur doirasida Mis eritish zavodi tomonidan 19,5 milliard, 3-mis boyitish fabrikasi  bo‘yicha 531,5 milliard, Portlovchi materiallar zavodi bo‘yicha 205,5 milliard va 8 ta Mexanik ta’mirlash uchastkalari tomonidan 36,8 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Hisobot davrida mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan mahsulotlardan 2 million dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha ham samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. O‘n oyda mazkur yo‘nalish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan 3655,2 milliard so‘mlik mahsulotlar xarid qilinib, prognoz bajarilishi 122 foizni tashkil etdi.

 “Shatakka olish” tizimi bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kombinat tomonidan avval import qilingan mahsulotlarni o‘zlashtirish maqsadida joriy yilning yanvar-oktyabr oylari yakuni bo‘yicha 971,0 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar kombinatga yetkazib berildi. Bugungi kunda kombinat tomonidan “Shatakka olish” tizimi bo‘yicha “Almalyk Quyuv Mexanika Zavodi” MCHJ, “Apiteks” MCHJ kabi ko‘plab korxonalar qo‘llab-quvvatlanmoqda. 

Ushbu korxonalar tomonidan kombinatga quyma, birlamchi boyitilgan kaolin, ftoroplast, rezinotexnika, kaprolon va olovga bardoshli mahsulotlar, filtr matolari, temirdan ishlov berilgan tayyor podkladkalar, prokladkalar va boltlar, maxsus ish kiyimlari, mis quvurlari, po‘lat quvurlari yetkazib berilgan.

Abbos Abdullayev,

OKMK Mahalliylashtirish bo‘limi boshlig‘i. 

O‘zA