Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: 3-MBFni qurilish ishlari qizg‘in pallada
16:11 / 2022-09-23

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida megaloyiha sifatida e’tirof etilayotgan “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasi doirasida 3-mis boyitish fabrikasini qurish ishlari davom etmoqda.

Ayni kunlarda fabrikani qurilishi doirasida 3 772 952 metr kub yer ishlari bajarilgan. 15920 tonna armatura ishlari, 85917 metr kub. beton ishlari amalga oshirilgan. Yangi fabrikaning loyihalashtirish ishlariga Italiyaning “Wood” kompaniyasi, loyiha hujjatlarini texnik jihatdan baholash va qabul qilish uchun esa “Technip Energies” (Buyuk Britaniya) kompaniyalari jalb qilingan.

Loyihalovchi “Wood” kompaniyasi tomonidan YeRS shartnomasida rejalashtirilgan bazaviy injiniring doirasidagi jami 1303 ta hujjatlar to‘liq ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida 2,5 ming kishi uchun quruvchilar shaharchasi va direksiya binolari qurilishi yakunlandi.

Ma’lumot uchun: mazkur fabrika 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lib, 2023 yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu fabrika ishga tushishi natijasida qo‘shimcha minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

OKMK Axborot xizmati

O‘zA