Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: 2025 yilda eksport prognozi 100 foiz bajarilgan
12:13 / 2026-01-12

O‘tgan 2025 yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mahsulotlar eksporti borasida ham barcha ko‘zlangan natijalarga erishildi.

Xususan, 2025 yilda 510,4 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 104,2 foizga bajarilishi ta’minlandi.

Xorijiy iste’molchilarga 43 632 tonna mis mahsulotlari, 23 321 tonna rux mahsulotlari yetkazib berildi.

Shuningdek, reniy, kadmiy, mis kuporosi, texnik tellur, palladiy kukuni, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar eksportida ham belgilangan vazifalar bajarilgan.

Ma’lumot uchun eksport prognozi 2025 yilning 18 dekabr kuni muddatidan oldin bajarilgan bo‘lib, kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda.

OKMK Axborot xizmati