O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashida Prezidentimizning 2023 yil 20 yanvardagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida deputat eshituvi tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aziza Aminova, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi mas’ul xodimi G‘ayrat Turg‘unov, O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Muhammad Eshniyozov, partiya faollari, viloyat va shahar Kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari, tibbiyot sohasi mutaxassislari, yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Eshituvda OITSning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan davlat dasturlarining ijrosi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinib, viloyatda OITS va OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

So‘zga chiqqan deputatlar aholini muntazam ravishda tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish, yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, tibbiy profilaktika tizimini yanada takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, OITSga qarshi kurashda nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Eshituv yakunida deputatlar tomonidan OITSga qarshi kurash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha bir qator tavsiyalar ishlab chiqildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri