Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali tibbiyot xodimlari tomonidan “Biz OITSga qarshi birga kurashamiz” shiori ostida qator tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan, filialda mavzuga doir konferensiya tashkil etilib, OITS kasalligi, uning oldini olish chora-tadbirlari, kasallik haqidagi so‘nggi ma’lumotlar berildi.
Tadbir ishtirokchilariga OITSga qarshi birgalikda kurashishni ifodalovchi ramziy qizil lenta taqilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.
[gallery-4923]
Tadbir doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida Pop tumanidagi 32-umumta’lim maktabi sardorlar kengashi va yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan “Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi” loyihasi tashkil etildi. Loyiha ishtirokchilari viloyatdagi Onkologiya shifoxonasi bolalar bo‘limida davolanayotgan bolajonlar holidan xabar oldi. Sardorlar tomonidan tayyorlangan ertak qahramonlari ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari, chiroyli tilaklar va esdalik sovg‘alari bolajonlar ko‘nglini shod etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA