Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy zo‘rovonlik –jamiyat kushandasi
17:03 / 2025-08-08

Termiz shahrida “Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik hamda shahvoniy shilqimlik qilish bilan bog‘liq jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar, ularning yechimlari va kelgusidagi vazifalar” mavzuiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Oliy sud tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda sudyalar, prokuratura va ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek, Surxondaryo viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.  

Seminarda Surxondaryo viloyat sudi raisi Ablqosim Ro‘ziqulov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Murodjon Ababakirov, Surxondaryo viloyat hokimi o‘rinbosari – xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova, viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari O‘raltosh Eshimova va boshqalar Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, jamiyatda bu muammoning ildizlarini bartaraf etish va amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.  

2023 yil 11 aprelda qabul qilingan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tazyiq va zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilishning institutsional hamda huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishga xizmat qilmoqda.  

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga 1261-modda (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) hamda 1413-modda (sha’ni va qadr-qimmatni kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatish), Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga esa 592-modda (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) va 411-modda (shahvoniy shilqimlik qilish) kiritilgani xotin-qizlarning qonuniy huquqlarini ta’minlab, bolalar orasida nazoratsizlikning va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishda, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalarni hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda.  

[gallery-24670]

Seminarda shu haqda atroflicha fikr almashilib, zo‘ravonlik holatlarining kelib chiqish sabablari, ularni barvaqt aniqlash va tegishli chora ko‘rish mexanizmlari muhokama etildi. Oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti, surishtiruv va tergov organlarining bu borada yo‘l qo‘yyotgan xato va kamchiliklari tahlil qilindi. Sud, prokuratura, ichki ishlar organlari va boshqa mas’ul idoralar hamkorligida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim vazifalar belgilandi. Oilaviy-maishiy zo‘ravonlik va shahvoniy shilqimlikka qarshi qat’iy va tizimli kurash olib borish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar, profilaktik chora-tadbirlar va idoralararo hamkorlikni yanada kuchaytirish vazifalari belgilab olindi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri