Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish muhim vazifa
15:26 / 2021-12-02

Jinoyat ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tuman sudining sudyalari tumandagi “Asaka” MFYda hamda va Respublika Ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida korrupsiyaga qarshi kurash, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish va gender tengligini ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan sayyor uchrashuv o‘tkazishdi...

“Asaka” MFYda o‘tgan uchrashuvda tuman sudi sudyalari Vladislav Svetkov, Muhammad Kayumov, Sanjar Abduganiyev, Baxrom Berdiyev, Bahodir Kayumov, tuman inspektori, mahalla faollari va ma’sullar qatnashdi. Kun tartibiga Xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan tazyiq va zo‘ravonliklar bilan bog‘liq jinoyatlar va huquqbuzarliklarning sodir etilishi sababi va shart-sharoitlari, 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” Qonuni muhokamasi, Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror mazmuni muhokamasi qo‘yilgandi.

Tuman sudining sudyasi Vlasdimlav Svetkov so‘zga chiqib, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” Qonuni mazmuni, unda xotin-qizlarning huquqlari, ularning kafolatlari, qonunchilikda ko‘rsatilgan xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiq tushunchalari hamda uning uchun javobgarlik turlari haqida to‘xtaldi.

— Mamlakatimizda barcha sohalar kabi xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan tazyiq va zo‘ravonliklar bilan bog‘liq jinoyatlar va huquqbuzarliklarning sodir etilishi sababi va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda gender tengligini ta’minlash borasida mislsiz darajadagi islohotlar olib borilyapti. Xotin-qizlar mustaqilligini ta’minlash masalasi bo‘yicha yangi davr boshlanib, mazkur yo‘nalishdagi davlat siyosati yangi bosqichga chiqayapti, - dedi Vlasdimlav Svetkov.

Tuman sudining sudyasi Muxammad Kayumov esa kun tartibidagi asosiy masalasiga urg‘u berdi. Ya’ni, yurtimizda gender zo‘ravonlikka idoralararo javob qaytarishni samaradorligini oshirish, zo‘rlikdan jabrlangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ommaga keng targ‘ib qilish, gender zo‘ravonlik haqida xabardorlikni oshirish, tashkilotlar va fuqarolar bilan xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida gapirib o‘tdi.

Tuman sudining sudyasi Bahodir Kayumov esa Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror mazmuni xususida to‘xtaldi. Sudya xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha mas’ul idoralarning vazifalari va majburiyatlari, xotin-qizlarni buzilgan huquqlarini sud orqali himoya qilish hamda tiklash bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyalari korrupsiyaga qarshi kurash, ayollarga nisbatan oilaviy nizolar negizida zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazishni oldini olish hamda Toshkent shahrida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyadan holi hududga aylantirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”sining 3-bandi ijrosi yuzasidan Respublika Ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot Markazida xodimlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda markaz mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash, gender tengligi hamda zo‘ravonlikka qarshi o‘tkazilayotgan 16 kunlik kampaniya maqsadi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, uchrashuvda asosiy e’tibor sud-tergov amaliyotida yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni aniqlash va ularning yechimini topish, shuningdek, xodimlarning bilimlarini yanada mustahkamlash masalasiga qaratildi. Tadbir davomida tumandagi jinoyatchilik ahvoli ham muhokama qilinib, mas’ul shaxslarning ma’ruzalari tinglandi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq islohotlari jarayonida sud tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, avvalo jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari sud orqali himoya qilinishini ta’minlashga qaratilganligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Yig‘ilishda ishtirok etayotgan fuqarolardan tushgan savollarga sudyalar tomonidan tegishli huquqiy tushuntirishlar ham berildi.

O‘zA