Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy sport musobaqasi
16:44 / 2014-07-21

Nukusda “Otam, onam va men – sportchilar oilasi” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Nukusda “Otam, onam va men – sportchilar oilasi” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz rahnamoligida sportning ommaviyligini ta’minlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom voyaga yetkazish, milliy o‘yinlarni yanada keng targ‘ib etish, oilada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Bolalar va oilani qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi” hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqaning tuman va shahar bosqichlarida 113 jamoa qatnashdi.

– Maqsadimiz oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i Xo‘jaboy Yelmuratov. – Tadbir doirasida kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga homiylik yordamlari ko‘rsatildi. Musobaqada 345 kam ta’minlangan oilaning 625 nafar farzandi ishtirok etdi.

Nukus tumanidagi “Aqmang‘it” shaharcha fuqarolar yig‘inidan Kalenovlar oilasi birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rin Qanliko‘l tumanidagi “Janaqal’a” mahalla fuqarolar yig‘inidan Yusupovlar oilasiga nasib etgan bo‘lsa, Qorao‘zak tumanidagi Madaniyat ovulidan Mambetyarovlar oilasi uchinchi o‘rinni band etdi.

G‘olib jamoalar musobaqa tashkilotchilarining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.