Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy shifokor punkti qayta ish boshladi
09:01 / 2022-09-15

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi “Xonobod” oilaviy shifokor punkti mukammal ta’mirlanib foydalanishga topshirildi. Bu haqida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Punkt binosini ta’mirlash uchun mahalliy byudjetdan 464 million so‘m mablag‘ sarflandi. Xonobod qishlog‘ida hozirgi kunda 9 ming 700 nafar aholi istiqomat qiladi.  Qishloq aholisiga  2017 yilgacha “Xonobod” qishloq vrachlik punkti tibbiy xizmat ko‘rsatib kelgan. Shu yilda “Xonobod” QVP 12 kilometr masofada joylashgan “Hilol” qishloq oilaviy poliklinikasi tarkibiga qo‘shib yuborilgan edi.

OSHPning qayta tashkil etilishi xonobodliklar uchun katta qulaylik yaratdi. Muassasaning ochilish marosimida ishtirok etganlar buni mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘lmas Barotov, O‘zA.