Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash – barcha millatlarga xos tushuncha (+video)
10:54 / 2023-10-04

Kecha Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida “An’anaviy qadriyatlar – xalqlar birligining negizidir” nomli xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘rta Osiyo mitropolit okrugi rahbariyati, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari, Rus pravoslav cherkovining O‘zbekiston yeparxiyasi, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlar idorasi vakillari va O‘zbekiston Rus madaniyat markazi faollari ishtirok etishdi.

Shuni alohida qayd etish joizki, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yoshlar orasida sog‘lom e’tiqodni shakllantirish, millatlararo totuvlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, jamiyatda ma’naviy axloqiy muhitni yaxshilashga alohida ahamiyat berilgan.

Mazkur forum “Oila va tinchlik” dasturining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash tashabbusi doirasida bo‘lib o‘tmoqda. Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin: o‘tgan yillar mobaynida poytaxtimizda O‘zbekiston yeparxiyasi tashabbusi bilan “Pravoslavlik va Islom: oilaviy qadriyatlarni saqlash” xalqaro konferensiyasi va “Zamonaviy globallashuv sharoitida oilaviy qadriyatlarni avaylash” yoshlar konferensiyasi ham o‘tkazilgan edi. Bugungi bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ham oilaviy qadriyatlar va yosh avlod tarbiyasi yo‘lidagi harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi deyish mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/IEL36ygpBvs" title="Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash – barcha millatlarga xos tushuncha" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘.Alimov, B.Xalilov (video), O‘zA